- YeTTB O‘zbekiston Ipoteka banki uchun 20 mln dollarlik moliyaviy paket taqdim etadi
- Mablag‘lar yashil kreditlash va tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Vengriyaning OTP guruhi tomonidan nazorat qilinadigan mamlakatning yetakchi xususiy kreditori Ipoteka bankiga 20 mln AQSh dollari (18.46 mln yevro)gacha bo‘lgan moliyalashtirish paketini taklif qilish orqali O‘zbekistonda yashil va inklyuziv kreditlashni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Yordam paketi ikkita tarkibiy qismdan iborat:
- YeTTBning Oʻzbekistondagi Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish dasturi (GEFF Uzbekistan II) doirasidagi 10 mln AQSh dollari (9,23 mln yevro) miqdoridagi kredit mahalliy uy xoʻjaliklari, kichik hamda oʻrta korxonalar uchun yashil va iqlimga chidamli texnologiyalardan foydalanishni yaxshilashga yordam beradi. Ushbu dastur Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot jamgʻarmasi (Tayvan ICDF) tomonidan Inqirozga qarshi kurashish maxsus jamgʻarmalari (CRSF), Iqlim investitsiyalari maxsus jamgʻarmasi hamda Tenglik va gender koʻp donorlik hamkorlik jamgʻarmasining texnik hamkorlik fondlari orqali qoʻshma investitsiya granti tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.
- YeTTBning Markaziy Osiyoda “Biznesdagi ayollar” (WiB) dasturi doirasida tadbirkor ayollar uchun 10 mln AQSh dollari (9,23 mln yevro) miqdorida kredit ajratildi. Kredit tadbirkor ayollarni moliyalashtirish tashabbusi (We-Fi) grant mablag‘lari hisobidan qo‘llab-quvvatlanadi va moliya, nou-xau va texnik maslahatlardan foydalanishda yordam berish orqali ayollarning tadbirkorligi hamda ishbilarmonlik faolligini rivojlantirishga ko‘maklashish uchun mo‘ljallangan.
O‘zbekiston to‘rtinchi yildirki, YeTTBning Markaziy Osiyodagi yetakchi qarz oluvchisi hisoblanadi. Bugungi kunga qadar Bank butun mamlakat boʻylab 147 ta loyihaga 4,28 mlrd yevroga yaqin sarmoya kiritdi, ushbu mablagʻlarning katta qismi xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatladi.