GEFF dasturi YeTTB ning 6.6 milliard yevro mablag‘i yordamida 29 ta mamlakatning 206 tadan ortiq mahalliy moliya institutlari tarmog‘i orqali boshqariladi. 236 000 dan ortiq investitsiyalar CO2 chiqindilarini yiliga 11 million tonnadan ortiq kamaytirishga imkon bermoqda.
YeTTB GEFF orqali mahalliy moliya institutlariga kredit liniyalarini taqdim etadi, natijada ular ko‘p sonli imtiyozli benefitsiarlarning yashil investitsiyalarini moliyalashtirishlari mumkin.
GEFF oddiy moliya yo‘nalishlarini taqdim etmaydi. Bankirlar va dasturning texnik menejerlaridan iborat tajribali YeTTB jamoasi GEFF mahsulotlarini yetkazib berishda izchil, sifatli xizmatlarni va innovatsiyalarni ta’minlab kelmoqda. Bundan tashqari, moliya institutlari va ularning mijozlariga bozor amaliyotini yaxshilashda yordam berish uchun maslahat xizmatlari mavjud.
Ushbu xizmatlar GEFF dasturi ko‘magida yashil iqtisodiyot sarmoyalarining afzalliklarini ko‘rsatishga va yashil loyihalar qanday qilib investitsiyalarga aylanishini ko‘rsatishga yordam beradi.
Turli mamlakatlar va mintaqalardagi GEFF dasturi haqida ko‘proq bilib oling.
