enruuz

YTTB “Ipak Yuli” bankiga GEFF dasturi doirasida 15 million AQSh dollari miqdorida kredit taqdim etdi

Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YTTB) O‘zbekistonda “Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish dasturi” (GEFF) doirasida “Ipak Yuli” bankiga 15 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratish bo‘yicha bitim imzoladi. Ushbu kelishuv mamlakatda yashil investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytiradi.

Ajratilayotgan kredit “Ipak Yuli” bankiga kichik va o‘rta korxonalar uchun energiya tejamkor uskunalar, qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha o‘rnatmalar, shuningdek, iqlimga moslashuvchan texnologiyalarni moliyalashtirish hajmini kengaytirish imkonini beradi. GEFF dasturi doirasida mijozlar nafaqat maqsadli moliyalashtirishga, balki har bir investitsiyaning e’tirof etilgan “yashil” standartlarga muvofiqligini ta’minlovchi ekspert konsultatsiya xizmatlariga ham ega bo‘ladilar.

Ushbu kredit YTTBning O‘zbekistonni raqobatbardosh, past uglerodli iqtisodiyotni shakllantirishda qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarga kirish imkoniyatini kengaytirish borasidagi keng qamrovli majburiyatining bir qismidir. “Ipak Yuli” banki YTTBning uzoq yillik ishonchli hamkori bo‘lib, ushbu yangi moliyalashtirish mamlakatda barqaror moliya sektorini rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamdir.

Loyiha Kanada tomonidan YTTBning «Iqlim bo‘yicha yuqori ta’sirli sheriklik» (HIPCA) dasturi, Iqlim investitsiyalari jamg‘armasi va Tayvan Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot jamg‘armasi orqali qo‘llab‑quvvatlanadi.