enruuz

O‘zbekistondagi YTTB GEFF dasturi hamkor banklari genderga yo‘naltirilgan moliyaviy mahsulotlar bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘ldilar

GEFF O‘zbekiston yashil texnologiyalar va moliyalashtirish bo‘yicha xabardorlikni oshirish yo‘nalishidagi ishlarini davom ettirib, Andijon va Toshkent shaharlarida dastur hamkorlari — Ipak Yo‘li Bank, Hamkorbank va Ipoteka Bank rahbariyati hamda xodimlari uchun bir qator ixtisoslashtirilgan treninglar o‘tkazdi.

Treninglar yashil moliyalashtirishga gender-inklyuziv yondashuvlarni joriy etishga bag‘ishlandi va gender tengligi tamoyillarini kreditlash jarayonlari, risk-menejment hamda mahsulotlar ishlab chiqishga integratsiya qilish bank operatsiyalari samaradorligini oshirish, mijozlarga yo‘naltirilganlikni kuchaytirish, portfel sifatini yaxshilash hamda ayol tadbirkorlar orasida yashil texnologiyalarga bo‘lgan talabni rag‘batlantirishini ko‘rsatib berdi.

Treninglarda chakana va KOB kreditlash, risklarni boshqarish, strategiya, HR va marketing bo‘yicha asosiy biznes bo‘linmalar rahbarlari ishtirok etdilar.

Mashg‘ulotlar davomida bank mutaxassislari gender-inklyuziv yondashuv nafaqat ijtimoiy mas’uliyat, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy foyda keltiruvchi samarali biznes strategiya ekanini chuqurroq anglab yetdilar. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, ayol mijozlar yuqori to‘lov intizomi, pastroq risk darajasi va bankka nisbatan yuqori sadoqat bilan ajralib turadi. Ayol tadbirkorlar yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqish banklarga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

Shu tariqa, genderga sezgir yondashuvni joriy etish banklarning foydaliligi va bozor ulushining o‘sishiga bevosita xizmat qiladi.

Treninglar doirasida quyidagi asosiy masalalar muhokama qilindi:

Asosiy urg‘u: genderga sezgir yondashuv — bank biznesi o‘sishining muhim omili.

Treninglar yakunida hamkor banklar gender-inklyuziv yashil moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirish bo‘yicha aniq o‘sish yo‘nalishlarini belgilab oldilar, inklyuziv yondashuvning biznes afzalliklarini chuqurroq angladilar va yashil moliyalashtirishni strategik rivojlantirishda gender omillarining roliga oid institutsional qarashlarini mustahkamlashdi.

Loyiha Kanada tomonidan YTTBning «Iqlim bo‘yicha yuqori ta’sirli sheriklik» (HIPCA) dasturi, Iqlim investitsiyalari jamg‘armasi va Tayvan Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot jamg‘armasi orqali qo‘llab‑quvvatlanadi.