Yashil iqtisodiyot loyihalari uchun GEFF II da eng yaxshi yechimlarni aniqlashga yordam beradigan turli usullar mavjud. Quyida GEFF II ning muvofiqlikni baholash xizmatlari bilan tanishing.
Yashil texnologiyalar tanlovchisi
Yashil texnologiyalar selektori roʻyxatida mavjud bo‘lgan texnologiyalar GEFF yordamida qo‘shimcha texnik tekshiruvlarsiz moliyalashtirilisi mumkin. Ushbu texnologiyalarni moliyalashtirish jarayoni juda oddiy.
Investitsiyaviy muvofiqlikni baholash
Baʼzi yashil investitsiyalar (masalan, ko‘p qavatli uylarga investitsiya kiritish) “oldindan tasdiqlangan” Onlayn texnologiya selektoriro‘yxatida keltirilgan bo‘lsa ham qiyinchilik tug‘diradi. Ushbu holatda, YeTTB baholash xizmatlarini bepul taqdim etadi – bu ishtirok etuvchi moliya institutlariga va ularning mijozlariga eng yaxshi yechimlarni aniqlashga yordam beradi hamda yashil iqtisodiyot loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlaydi.
GEFF mutaxassislar jamoasi yashil imkoniyatlaringizni to‘g‘ri sarmoyaga aylantirishga va zamon bilan hamnafas bo‘lishingizga yordam beradi. Quyidagi yordamlarni taklif etamiz:
Ushbu mutaxassislar biznes qarorlarini qabul qilishda maslahatlar berishi mumkin.
GEFF II muvofiqlikni baholash xizmatlaridan foydalanish uchun jamoamiz bilan bog‘laning.

Yuqori samarali uskunalarni va materiallarni sotib olishda moliyaviy ko‘mak berishingizni so‘rayman. Menga Yashil texnologiyalar selektori ro‘yxatini ko‘rsating.
Menga investitsiyalarning muvofiqligini baholash uchun mutaxassis maslahati kerak. Mavjud xizmatlar haqida ko‘proq ma’lumot bering.
Agar sizda moliyalashtirishga mos uskunalar yoki materiallar bor bo‘lsa, “Texnologiyani moliyalashtirish uchun qanday ariza topshirish kerak” qo‘llanmasiga bosqichma-bosqich amal qiling.
Agar mutaxassislarimiz yashil investitsiya imkoniyatlaringizni aniqlashini istasangiz, “Baholash xizmatlariga qanday ariza topshirish kerak” qo‘llanmasiga bosqichma-bosqich amal qiling.
GEFF jamoasi sizga yordam berishdan mamnun.