O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish mexanizmi
O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish mexanizmi (GEFF):
Yashil iqtisodiyot ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyatida energiya, suv va boshqa resurslar sarfini minimallashtirish, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlariga salbiy ta’sirni kamaytirishni anglatadi. GEFF Oʻzbekistonda yashil texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash orqali ushbu oʻtish jarayonini osonlashtiradi, yaʼni:
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) mahalliy hamkor moliya institutlari (HMI) yordamida GEFF shartnomasi bo‘yicha qarz oluvchilarga kreditlar ajratadi. Ushbu mablag‘lar YeTTB ning Yashil iqtisodiyotga o‘tish yo‘nalishiga muvofiq iqlim o‘zgarishini yumshatishga va moslashtirishga mo‘ljallangan investitsiyalarga yo‘naltiriladi.
Ixtisoslashgan maslahatchilar jamoasi (GEFF jamoasi) HMI va ularning mijozlariga yashil iqtisodiyotning eng yaxshi texnologiyalarini muvaffaqiyatli qo‘llashni ta’minlab, yashil loyihaning boshlanishidan to amalga oshirishgacha bo‘lgan butun jarayon davomida muhandislik, atrof-muhit, moliyaviy va marketing masalalari bo‘yicha bepul texnik yordam ko‘rsatadi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun GEFF ning “yordam” bo‘limiga murojaat qiling.