enruuz

O‘zbekiston biznesi “yashil” texnologiyalar va YTTBning GEFF dasturi orqali xarajatlarni kamaytirib, samaradorlikni oshirmoqda

2026-yil 2-aprel kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) Green Economy Financing Facility (GEFF) dasturi Hamkorbank bilan hamkorlikda Toshkent shahrida biznes uchun energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy yechimlar bo‘yicha axborot tadbirini o‘tkazdi.

Tadbirda korporativ mijozlar va texnologiya yetkazib beruvchilar ishtirok etib, energiya va resurslarni tejovchi investitsiyalarni moliyalashtirish hamda joriy etish bo‘yicha amaliy yondashuvlarni muhokama qildilar.

Ishtirokchilarga GEFF dasturi doirasida O‘zbekistonda va xalqaro miqyosda mavjud imkoniyatlar, jumladan zamonaviy va yuqori samarali texnologiyalarni moliyalashtirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Hamkorbank mijozlarining кейslari bunday investitsiyalar energiya sarfini kamaytirish, operatsion xarajatlarni qisqartirish va biznesni rivojlantirishga qanday xizmat qilayotganini yaqqol ko‘rsatdi.

Texnologiya yetkazib beruvchilar quyosh energetikasi tizimlari va energiya samarador uskunalarni o‘z ichiga olgan yechimlarni taqdim etdilar. Unda loyihalarni amalga oshirish mexanizmlari, kutilayotgan tejamkorlik va investitsiyalarning o‘zini oqlash muddatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Hamkorbank vakillari GEFF dasturi doirasidagi moliyaviy mahsulotlar va kredit olish jarayoni haqida ma’lumot berdilar. Tadbir savol-javob sessiyasi va netvorking bilan yakunlandi, bu esa ishtirokchilarga aniq investitsiya imkoniyatlari va hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish imkonini berdi.

YTTBning GEFF dasturi O‘zbekistondagi biznesni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda — u barqaror texnologiyalarni joriy etish, raqobatbardoshlikni oshirish va mamlakatning “yashil” iqtisodiyotga o‘tishini tezlashtirish uchun moliyalashtirish va ekspertiza imkoniyatlarini taqdim etadi.