enruuz

Quyosh energiyasi O‘zbekistonda mebel ishlab chiqarish samaradorligini oshirmoqda

Investor
“JAYXUN” xususiy korxonasi
Location
Romitan tumani, Buxoro viloyati, O‘zbekiston
Investment
Quyosh fotoelektr panellarini xarid qilish va o‘rnatish
Investment Size
107 000 AQSh dollari
Financial results
6 yilgacha — elektr energiyasi xarajatlarini tejash va tarmoqqa qaramlikni kamaytirish hisobiga
Energy savings
yiliga 11 862 GJ
CO2 savings
yiliga 488 tonna
Impact
Markazlashgan elektr ta’minotiga bo‘lgan qaramlikning kamayishi va ishlab chiqarish jarayonlari ishonchliligining oshishi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan elektr energiyasini o‘zida ishlab chiqarish orqali operatsion xarajatlarning qisqarishi, CO₂ chiqindilarining kamayishi, biznesning barqarorligi va raqobatbardoshligining oshishi
Donor
Kanada — Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining (YTTB) «Iqlim bo‘yicha yuqori ta’sirli sheriklik» (HIPCA) dasturi, Iqlim investitsiyalari jamg‘armasi va Tayvan Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot jamg‘armasi orqali

Mahalliy mebel ishlab chiqaruvchi GEFF ko‘magida quyosh energiyasiga investitsiya kiritib, energiya ta’minoti ishonchliligini oshirdi va CO₂ chiqindilarini qisqartirdi

“JAYXUN” xususiy korxonasi Buxoro viloyatining Romitan tumanida joylashgan bo‘lib, mebel ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi mahalliy ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Korxona asosan O‘zbekistonning ichki bozori uchun mahsulot ishlab chiqaradi va hududiy iqtisodiyotda muhim o‘rin tutib, mahalliy aholi uchun barqaror ish o‘rinlarini ta’minlaydi hamda yondosh ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

So‘nggi yillarda korxona mahsulotlarga bo‘lgan talab ortishi munosabati bilan ishlab chiqarish quvvatlarini izchil ravishda rivojlantirib va kengaytirib kelmoqda. Mebel ishlab chiqarish jarayoni yuqori darajada energiya talab qiluvchi faoliyat turi bo‘lib, yog‘ochga ishlov berish uskunalari, shuningdek kesish, presslash, yig‘ish va tayyor mahsulotga ishlov berish jarayonlari uchun barqaror va uzluksiz elektr ta’minotini talab etadi. Ishlab chiqarish hajmlarining oshishi bilan elektr energiyasi iste’moli ham sezilarli darajada ortdi. Shu bilan birga, markazlashgan elektr ta’minotiga yuqori darajadagi bog‘liqlik elektr uzilishlari, kuchlanishdagi tebranishlar va tariflarning oshishi kabi muammolarni keltirib chiqardi. Bu holat ishlab chiqarish jarayonlarining barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, majburiy to‘xtab qolishlar va operatsion xarajatlarning oshishiga olib keldi.

Markazlashgan elektr ta’minotiga bo‘lgan qaramlikni kamaytirish va energiya resurslariga sarflanadigan xarajatlarni optimallashtirish maqsadida korxona quyosh fotoelektr panellarini o‘rnatishga investitsiya kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Loyihani moliyalashtirish uchun kompaniya GEFF dasturi doirasida Hamkorbank — dasturning mahalliy bank-hamkoriga “yashil” kredit olish uchun murojaat qildi. Jalb etilgan investitsiyalar hisobidan korxona hududida quvvati 710 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr tizimi o‘rnatildi. Ushbu tizim ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasining salmoqli qismini o‘z generatsiyasi hisobidan qoplash imkonini beradi.

Loyihaning amalga oshirilishi natijasida korxona markazlashgan elektr ta’minotiga bo‘lgan qaramlikni sezilarli darajada kamaytirdi, ishlab chiqarish jarayonlarining ishonchliligi va barqarorligini oshirdi hamda elektr energiyasi uchun xarajatlarni qisqartirdi. Shu bilan birga, sezilarli ekologik samara ta’minlandi: yillik CO₂ chiqindilari 488 tonnaga kamaydi, bu 8 000 dan ortiq daraxt tomonidan yutiladigan uglerod hajmiga teng. Birlamchi energiya iste’molining qisqarishi yiliga 11 862 GJni tashkil etib, bu O‘zbekistondagi taxminan 350 ta xonadonning yillik elektr energiyasi iste’moliga tengdir.

O‘zbekistondagi Yashil iqtisodiyot moliyalashtirish mexanizmi (GEFF) Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki tomonidan ishlab chiqilgan. Loyiha Kanada tomonidan YTTBning «Iqlim bo‘yicha yuqori ta’sirli sheriklik» (HIPCA) dasturi, Iqlim investitsiyalari jamg‘armasi va Tayvan Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot jamg‘armasi orqali qo‘llab‑quvvatlanadi.