enruuz

Ishlab chiqarish quvvatini oshirish: GEFF II dasturi O‘zbekistonning gilam ishlab chiqarish kompaniyalariga innovatsiya kiritish bo‘yicha qanday yordam beradi

Investor
“Navoiy ishonch gilamlari” MChJ QK
Location
Navoiy, Oʻzbekiston
Investment
Samaradorligi yuqori bo‘lgan ikki rapirali gilam to‘qish dastgohi (to‘quv dastgohi) - Carpet Rug Pioneer CRT
Investment Size
500 000 AQSh dollari
Financial results
1.4 yilda qaytarib to‘lash
Energy savings
Yiliga 5885 GJ
CO2 savings
Yiliga 243 tonna
Impact
Ishlab chiqarish quvvatini oshirish, energiya sarfini va atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish
Donor
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan Kanada va YeTTBning Iqlim bo‘yicha yuqori taʼsirli hamkorligi, Iqlim investitsiya jamgʻarmasi va Tayvan ICDF

2003-yilda Navoiy viloyatida tashkil etilgan “Navoiy ishonch gilamlari” MChJ QK da 295 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib yillik aylanmasi qariyb 100 milliard so‘mni tashkil etadi va gilam ishlab chiqaruvchi korxonalar orasida o‘z mavqeyiga ega. Korxona gilam ishlab chiqarishda to‘rtta asosiy toladan foydalanadi: jun tolalari, neylon, polipropilen va jun tolalari aralashmasi. Gilam ishlab chiqarish jarayonida paxta xomashyosidan foydalanilmaydi.

Mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortganligi sababli kompaniya yangi, samaradorligi yuqori bo‘lgan ikki rapirali to‘quv dastgohi – Carpet Rug Pioneer CRT ga sarmoya kiritish orqali ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshirishga qaror qildi.

Ushbu investitsiyani kiritishdan oldin kompaniya 580 000 m² gilam ishlab chiqarish uchun yiliga 1 130 880 kVt/soat elektr energiyasi iste’mol qilgan. Aksiyadorlik-tijorat Ipoteka bankidan olingan GEFF krediti hisobidan moliyalashtirilgan Carpet Rug Pioneer CRT sotib olinishi kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatini qariyb ikki baravarga oshirdi, ya’ni yiliga 1,120,000 m² gilam ishlab chiqarish imkonini berdi. Ishlab chiqarish quvvati yuqori bo‘lgan, texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini kamaytiradigan va ilg‘or funksiyalarga ega yangi to‘quv dastgohi har yili 595 200 kWh energiya sarflaydi, bu esa har kvadrat metr uchun solishtirganda energiya sarfini 1 950 kWH dan 1 541 kWh gacha kamaytiradi.

Ushbu modernizatsiya yiliga 5885 GJ energiyani tejaydi va CO2 chiqindilarini 243 tonnagacha qisqartiradi va bu yanada barqaror faoliyat ko‘rsatishga yordam beradi.

Moliyaviy jihatdan, loyiha o‘zini oqlash muddati bor-yo‘g’i 1,4 yil va ichki rentabellik darajasi (IRR) 71,6% va ushbu ma’lumotlar loyihaning yashovchanligini isbotladi. Sarmoya nafaqat kompaniyaning ishlab chiqarish samaradorligini oshirdi, balki ishlab chiqarish hajmini oshirish hisobiga uning daromadini qo‘shimcha ravishda yiliga 324 000 AQSh dollarga oshirdi.

Ushbu loyiha O‘zbekistonda Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish fondi (O‘zbekistonda GEFF II dasturi), ya’ni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan Kanada va YeTTBning Iqlim bo‘yicha yuqori taʼsirli hamkorligi, Iqlim investitsiya jamgʻarmasi va Tayvan ICDF orqali amalga oshirildi.

 

I thought EBRD would want us to highlight this in the success story as well