2024-yil 10-sentabr kuni Toshkent shahrida Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish dasturi (GEFF) doirasida yetkazib beruvchilar va sotuvchilar uchun tadbir bo‘lib o‘tdi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) tomonidan tashkil etilgan tadbir O‘zbekistonda yashil moliyalashdan yaxshiroq foydalanish yo‘llarini yaratgan holda yashil texnologiya yetkazib beruvchilari va sotuvchilari hamda moliya institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi.
Tadbirda barqaror va energiya tejamkor amaliyotlarni jadallashtirishga qaratilgan bir nechta muhim taqdimotlar va muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda moliya muassasalari vakillari, shuningdek, yashil texnologiyalarni yetkazib beruvchilar va sotuvchilar ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy mavzulari:
Tadbir shuningdek hamkor banklar va yetkazib beruvchilar bilan qizg‘in muhokamani ham o‘z ichiga oldi. Muhokama davomida energiya tejamkor texnologiyalari uchun kreditlariga bo‘lgan talabning o‘sish sur’ati, mijozlarni yashil texnologiyalarga sarmoya kiritishga ishontirish bilan bog‘liq muammolar va yetkazib beruvchilar va moliya muassasalari o‘rtasidagi yanada yaqinroq hamkorlik ushbu muammolarni yengishda qanchalik yordam berishi kabi mavzular muhokama qilindi.
Tadbir aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun norasmiy uchrashuvlar bilan yakunlandi.