GEFF Uzbekistan va “Tadbirkor Ayol” Assotsiatsiyasi hamkorligida 13 oktyabr kuni Toshkent shahrida va 15 oktyabr kuni Samarqand shahrida ayol tadbirkorlar uchun “yashil moliyalashtirish” bo‘yicha o‘quv treninglari tashkil etildi.
40 dan ortiq ayol tadbirkorlar o‘z korxonalarini energiya tejamkor va resursni asraydigan texnologiyalar yordamida modernizatsiya qilish hamda bunday yechimlarni joriy etish uchun moliyalashtirish imkoniyatlarini qo‘lga kiritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Sessiyalar GEFF Uzbekistan dasturi konsultantlari hamda hamkor banklar – Hamkorbank, Ipoteka Bank va Ipak Yuli Bank vakillari tomonidan o‘tkazildi.
Trening doirasida quyidagi asosiy mavzular muhokama qilindi:
• Yashil moliyalashtirish tamoyillari va ularning ayol tadbirkorlar faoliyatidagi ahamiyati.
• GEFF dasturining hamkor banklari tomonidan taklif etilayotgan imkoniyatlar va mahsulotlar.
• Kredit olish uchun samarali ariza va biznes-rejalarni tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar.
• Ayol tadbirkorlar va banklar o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish orqali yashil kreditlarga kirish imkoniyatini yaxshilash.
Trening ishtirokchilari yangi bilimlar uchun minnatdorchilik bildirdilar va mazkur tadbir ularga yashil moliyalashtirish imkoniyatlari hamda hamkor banklarning mahsulotlarini chuqurroq anglashga yordam berganini ta’kidladilar. Shuningdek, bank vakillari uchun ham ayol tadbirkorlarning fikr va ehtiyojlarini bevosita eshitish juda foydali bo‘ldi, bu esa kelgusida ushbu segment bilan ishlashda yangi yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qiladi.