enruuz

(English) EBRD pilots energy efficiency and renewable energy investments for Uzbek SMEs

Bugun “Ipak Yoʻli” banki bilan imzolangan tajriba asosidagi “Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish” loyihasidan (GEFF) foydalanish orqali Oʻzbekistondagi kichik va oʻrta biznes korxonalari energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasiga sarmoya kiritishi mumkin boʻladi.

Ushbu loyiha kichik va oʻrta korxonalari (KOʻBK) va korporatsiyalariga dimlangan gaz chiqindilarini kamaytiruvchi va yashil texnologiyalarga, shuningdek, iqlim oʻzgarishiga moslashish va uning oqibatlarini kamaytirish texnologiyalariga investitsiyalar uchun kreditlar beradi.

“Ipak Yoʻli” banki xususiy kompaniyalarga kredit berish uchun 4,4 million yevro miqdorida YTTB kredit liniyasini olgan birinchi mahalliy hamkor sifatida roʻyxatdan oʻtdi. Bu kreditlar issiqlik izolatsiyasi, fotoelektrik quyosh panellari, geotermal issiqlik nasoslari va suv tejovchi sugʻorish tizimlari kabi ekologik toza texnologiyalarga investitsiyalarni qamrab oladi. Korxonalar GEFF texnologiyalarni tanlovchi maxsus vosita yordamida odatiy yashil texnologiyalarni oʻzlari uchun aniqlab olishlari mumkin boʻladi.

YTTB va “Ipak yoʻli” banki oʻrtasida kredit shartnomasining rasmiy imzolanishi turli xil manfaatdor tomonlar, shu jumladan, davlat mansabdor shaxslari, xalqaro donorlik va moliyaviy muassasalar, mahalliy moliyaviy tashkilotlar, yashil texnologiyalarni yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilarni oʻzaro yaqinlashtirdi.

Tadbirda YTTBning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Alkis Vryenios Drakinos ishtirok etib, u “Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish imkoniyatini yaxshilash va moliya sohasini rivojlantirish Oʻzbekistondagi muhim ustuvor yoʻnalishlarimizdan biri hisoblanadi. Biz “Ipak Yoʻli” banki bilan energiya samaradorligini oshirishni maqsad qilgan kichik va oʻrta biznes korxonalari va korporatsiyalarni qoʻllab-quvvatlayotganimizdan mamnunmiz”, deya eʼtirof etdi.

GEFF kelgusida mamlakatning yashil iqtisodiyotga oʻtishini qoʻllab-quvvatlagan holda, shu loyihada ishtirok etuvchi moliyaviy institutlar sonini yanada kengaytirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.

Hozirgi kunga qadar YTTB Oʻzbekiston iqtisodiyotiga oʻzining 70 ta loyihasi orqali 1,3 milliard yevro miqdorida sarmoya kiritgan.