enruuz
Investor
Pipe Technologies LTD
Location
Toshkent, O'zbekiston
Investment
PE quvurlarini ishlab chiqarish liniyasi uchun
Investment Size
171 000 AQSh dollari
Financial results
To'lov muddati 3 yildan kam
Energy savings
Yiliga 1 635.8 MVh
CO2 savings
Yiliga 243.7 tonna
Impact
Ishlab chiqarish hajmini oshirish, raqobatbardoshlikni yaxshilash
Donor
YTTB aksiyadorlarining maxsus jamgʻarmasi

PE quvurlarining mahalliy ishlab chiqarilishi modernizatsiya qilindi, natijada energiya iste'moli 54% ga kamaydi.

«Pipe Technologies LTD» kompaniyasi 2009 yilda tashkil topgan va hozirgi kunda Toshkent shahridagi polietilen quvurlar ishlab chiqaruvchi yirik korxonalardan biri bo’lib, u barcha quvurlar bozorining 25 foizini va mahalliy ishlab chiqarilgan PE quvurlarining qariyb 60 foizini egallaydi. Kompaniyaning keng qamrovli mahsulotlari tomchilatib sug’orish uchun ishlatiladigan quvurlarni ham o’z ichiga oladi. O’zbekistonda qishloq xo’jaligining ahamiyati va suv zaxiralarini tejash zarurligini inobatga olgan holda, tomchilatib sug’orish uchun mahalliy ishlab chiqarilgan quvurlar mamlakatda qishloq xo’jaligining barqaror rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.
Kompaniya PE quvurlarini ishlab chiqarish bo’yicha yangi ekstruding liniyaga 171000 AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritib zavoddagi ikki dona eskirgan uskunani almashtirdi. O’zbekistondagi YIM dasturi orqali moliyalashtirildi. Kreditdan tashqari, kompaniya xalqaro YIMD muhandislari jamoasi tomonidan ham bepul texnik yordam oldi. Kompaniya keyinchalik hal qiladigan energiya tejashning bir qator qo’shimcha imkoniyatlarini ta’kidlab o’tdi. Investitsiyalar muvaffaqiyatli tekshirilgandan so’ng, kompaniya 10% grant oldi.
Energiya sarfining kamayishi, uglerod chiqindilarining pasayishi, yuqori quvvat va sifatdan tashqari, loyiha qo’shimcha ravishda taxminan 40 000 AQSh dollar daromadga ega bo’ldi.
O’zbekistonda Yashil Iqtisodiyotni moliyalashtirish dasturi “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki” (YTTB) tomonidan ishlab chiqilgan va YTTB aktsiyadorlarining maxsus jamg’armasi tomonidan qo’llab-quvvatlanadi.