enruuz
Investor
"Muhammadiyev Musurmon Qulmurzaevich" MChJ
Location
Koʻkdala, Oʻzbekiston
Investment
Tabiiy gaz quyish stantsiyasining uskunalari uchun
Investment Size
235 ming AQSh dollar
Financial results
To'lov muddati 2 yil
Energy savings
Yiliga 1,356 MVh
CO2 savings
Yiliga 202 tonna
Impact
Mahalliy hududlarni rivojlantirishga ko'maklashish, mahalliy ish o'rinlarini yaratish, raqobatbardoshlikni oshirish
Donor
YTTB aksiyadorlarining maxsus jamgʻarmasi

Yangi yoqilg'i quyish stantsiyasi mahalliy korxonalarga, shuningdek jamoat transportlariga ekologik toza yoqilg'ini tanlash imkoniyatini beradi.

«Muhammadiyev Musurmon Qulmurzaevich LLC» kompaniyasi 2012 yilda tashkil topgan va Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tabiiy gaz quyish stantsiyalarining egasi va operatori hisoblanadi. Ko’kdala qishlog’ida 255 ming AQSh dollar qiymatidagi yangi tabiiy gaz quyish stantsiyasi qurildi.
Avtotransport yoqilg’isi sifatida tabiiy gazga bo’lgan talabni qondirish uchun kompaniya yangi CNG stantsiyasiga qariyb 700 ming AQSh dollari miqdorida mablag’ sarfladi, shundan 235 ming AQSh dollari YIMD krediti hisobidan moliyalashtirildi. YIMD krediti tabiiy gaz quyish stantsiyasining asosiy qismi bo’lgan gaz kompressori va yordamchi uskunalarni moliyalashtirish uchun ishlatilgan.
Loyiha Ko’kdala qishlog’i aholisi va tadbirkorlari uchun CNG yoqilg’isidan foydalanish imkoniyatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Bundan tashqari, yangi stantsiya ushbu qishloqda mahalliy aholi uchun yangi ish joylarini yaratdi.
Muvaffaqiyatli tekshiruvdan so’ng «Muhammadiyev Musurmon Qulmurzaevich LLC» kompaniyasi YIMD kreditining 10% miqdorida grant oldi.
O’zbekistonda Yashil Iqtisodiyotni moliyalashtirish dasturi “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki” (YTTB) tomonidan ishlab chiqilgan va YTTB aktsiyadorlarining maxsus jamg’armasi tomonidan qo’llab-quvvatlanadi.