enruuz

Koʻzni yuqori darajada davolash uchun yashil sarmoyalar

Investor
Hojiakbar-Besh MChJ
Location
Toshkent, Oʻzbekiston
Investment
Excimer lazer tizimi
Investment Size
236 518 AQSh dollari
Financial results
4.1 yilda
Energy savings
Yiliga 12.1 GJ
CO2 savings
Yiliga 0.5 tonna
Impact
Davolashning yuqori aniqligi Xizmat ko'rsatish imkoniyatlarini oshirish Raqobatdoshlikni oshirish
Donor
TaiwanBusiness – EBRD Texnik hamkorligi jamg'armasi
YTTB aksiyadorlarining maxsus jamgʻarmasi

Koʻzni davolovchi zamonaviy uskunalar energiya sarfini sezilarli darajada kamaytiradi

Tibbiy xizmat ko’rsatuvchi “Hojiakbar-Besh» MChJ Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi ProfiMed klinikasiga egalik qiladi va uni boshqaradi. Kompaniya 2009 yilda tashkil etilgan bo’lib, Toshkent shahrining Mirobod tumanida oftalmologik, stomatologik va boshqa tibbiy xizmatlarning barcha turlarini taqdim etadi. Klinika oftalmologiya bo’limining xizmatlari diagnostika va turli xil muolajalarni o’z ichiga oladi, ular yiliga 3,840 nafar bemorga xizmat koʻrsatadi.
Klinikada yangi va energiya tejaydigan tibbiy texnologiyalarni joriy etish bo’yicha faol siyosat olib borilmoqda, xususan oftalmologiya sohasida. Amaldagi asbob-uskunalarning 75 foizdan ortig’i yangi va zamonaviydir, ayrim uskunalar (masalan, bemorlarning ko’rishini tekshiradigan uskunalar) O’zbekistonda yagonadir.
Ushbu siyosatga muvofiq va xizmat ko’rsatish ko`lamining sifatini yanada yaxshilash uchun kompaniya yordamchi uskunalar va mustaqil jarrohlik amaliyoti stoli bilan to’ldirilgan WaveLight EX500 zamonaviy (5-avlod) eksimer gaz lazer tizimini sotib olishga va o’rnatishga sarmoya kiritdi. Yangi eksimer gaz lazer tizimining o’ziga xos energiya sarfi eski tizimnikidan 40% kam. Yangi tizim pulsning minimal energiyasini talab qiladi, natijada minimal gaz hajmiga ega ixcham lazer nurlari manbai bo’ladi. Shuning uchun yangi eksimer lazerni ishlatishda foydalaniladigan azotning tannarxi eski azotnikiga qaraganda 47 foizigacha pasaygan. Shuningdek, yangi tizim bir bemorning davolanish vaqtini yarmigacha qisqartiradi, bu esa klinikaning ish samaradorligiga juda ijobiy ta’sir qiladi.
Investisiya qisman 236,518 AQSh dollari miqdoridagi YIMD hisobidan moliyalashtirildi. Loyiha muvaffaqiyatli sinovdan o`tgandan keyin kompaniya 23,652 AQSh dollari miqdorida grant olish huquqiga ega boʻladi.
O’zbekistonda Yashil Iqtisodiyotni moliyalashtirish dasturi “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki” (YTTB) tomonidan ishlab chiqilgan va YTTB aksiyadorlarining maxsus jamg’armasi tomonidan qo’llab-quvvatlanadi.